Menga yoqqan g’azal.
Kirish. G’azal nima?
- G’azal shaydosiman.
Asosiy qism:
- Mumtoz adabiyotning lirik namoyondasi
- Tabiat go’zalligiga oshufta lirik qahramon g’azaliga tavsif
- Men sevgan g’azal.
Xulosa.
G’azal nima?
G’azal (arab. — ayolni sevish, unga oshiqona munosabatda bo‘lish) — Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janr.
G‘azal atamasi dastlab 6-7-asrlarda arab she’riyatida paydo bo‘lgan. So‘ng O‘rta Osiyo va Sharq xalqlari adabiyotlariga o‘tib, 13- 14 asrlarda to‘la shakllangan. Hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan. Lekin 21, hatto 27 baytli g‘azal namunasi ham uchraydi. Aa, ba, va, ga, da va h.k. tarzda qofiyalanadi, boshdan-oxir bir xil vaznda yoziladi.
Ilk bayti matla yoki mabda, oxirgisi maqta deb ataladi. Agar ikkinchi baytning misralari ham o‘zaro qofiyalansa, zebi matla yoki husni matla deyiladi. G‘azalning paydo bo‘lishi va rivojlanishi musiqa san’ati bilan chambarchas bog‘liq. Dastlab g‘azalga taxallus qo‘yilmagan, bu keyinchalik an’anaga aylangan. G‘azal dastlab ishqiy mavzuda yozilgan bo‘lsa-da, keyinchalik uning mavzu doirasi kengayib bordi hamda ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, maviza (pand-nasihat) va hajviy g‘azallar yuzaga keldi.
G‘azallar tuzilishiga ko‘ra 4 mustaqil turga ajraladi:
- mustaqil baytlardan tuzilgan (parokanda) g‘azallar;
- yakpora g‘azallar;
- voqeaband g‘azallar.;
- musalsal g‘azallar.
Ma’no jihatidan esa
- orifona,
- oshiqona
- rindona g‘azallarga bolinadi.
Sharq adabiyotidagi eng keng tarqalgan lirik janr. G’azal arab tilidan ayolni sevish, unga oshiqona munosabatda bo’lish kabi ma’nolarni anglatar ekan. Alisher Navoiy bobomiz 2600dan ortiq g’azal yozib, bu janrni turkiy tilda boyitganlar. G’zallar dastlab ishqiy mavzuda yozilgan. Hozirga kelib juda ko’p turlari yuzaga kelgan. Oʻzbek adabiyotida gʻazalning ilk namunalari Rabgʻuziyning “Qissasi Rabgʻuziy”, Xorazmiyning “Muhabbatnoma”sida uchraydi. Keyinchalik oʻzbek sheʼriyatida Hamza, Choʻlpon, Xurshid, Gʻafur Gʻulom, Sobir Abdulla, Habibiy, Charxiy, Chustiy, Xolis, Vosit Saʼdulla, Jumaniyoz Jab-borov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Jamol Kamol va boshqalar g’azal yaratganlar.
G’azal shaydosiman.
G’azal mutolaasi mening sevimli mashg’ulotlarimdan biri. Faqatgina o’qish emas, balki, o’zimga yoqqanlarini yodlab ham olaman. Bo’sh vaqtlarimda asosan Alisher Navoiy bobomizning g’azallarini o’qib turaman. Yodlagan g’azallarimni yoddan oqqa ko’chiraman. Shunday qilsam g’azallarni yanada yaxshiroq yod olaman. G’azallardan zavq olaman. Qanday mavzuda bo’lmasin barcha g’azallardan tarbiyaviy qandaydir dars olaman. Men o’zim sevgan g’azallarni do’stlarimga ham tavsiya qilaman.
Mumtoz adabiyotning lirik namoyondasi.
Mumtoz adabiyotimizning lirik namoyondasi hisoblangan Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat o’zining ijodi bilan butun adabiyotni boyitgan. Hamma adabiyot vakillari qalbiga kirib borgan “Mantiq ut-tayr”ni bolalik chog’ida yod olgan. Furqat juda ham izlanuvchan va tirishqoq xarakter egasi hisoblanadi. Shoir keng ko’lamli ijod namoyondasidir. Furqat o’z ijodi davomida tesha tegmagan gaplardan foydalangan holda bir qancha g’azallar yozadi.
Shular jumlasiga “Fasli nablvbahor o’ldi, ketibon zimistonlar” g’azalini kiritsak bo’ladi. Bu g’azalda Furqat jonli tabiatni yanada jonli va shukhbaxsh qilib yozadi. Bu g’azalni o’qigan inson har bir baytdan keyin hayolan tabiat qo’yniga yo’l oladi va yuzigavbiroz tabassum hadya etadi.
Men sevgan g’azal.
G’azalga nazar tashlaydigan bo’lsak, shoir g’azalning birinchi baytida umr oqar daryo ertaga bormizmi yo’qmizmi yolg’iz Allohga ayon. Bu dunyo Allohdan Allohgacha bo’lgan sayohatvekanligini e’tirof etmoqda va hozirgi tiriklik chog’imizda do’stlar bilan birgalikda vaqtimizni o’tkazishimiz kerakligini aytilmoqda. Keyingi misralarda tabiatimizning ertalabki tongini jonlantirgan. Shoir aytadiki bir kun saharlab uyg’ondim va dunyoga nur taratuvchini osmonga ko’tarilishini zavq ila kuzatdim. Qushlarning sayrashi-yu maysalarning sokin holda oh tortishi qaysidir ma’noda inson qalbidagi muzlarni eritishga qodir. Har bir davrda bo’lgani kabi o’sha davrlarda ham yaxshilarning azoblanishi yomonlarning esa shodon bo’lib yashashini shoir g’azalning so’nggi misralarida tasvirlagan.
Men bu g’azalni o’qish bilan birgalikda uqib ham oldim. Bu g’azalning har bir misrasini o’qiganimda hayolimda daryo suvining shovqini-yu qushlarning chug’ir-chug’iri gavdalana boshlaydi. Hayotimizning qaysi boahi qaysi qismi esa oxiri ekanini anglolmaydigan zamonimizda umrimizni yaqinlarimiz bilan o’tkazishimiz maqsadga muvofiqdir. G’azalda tabiatimizning so’lim go’shalari naqadar g’ayritabiiy ekanligi yaqqol o’z aksini topgan.
Furqatning g’azallari biz o’quvchilarga balki jamiiyki insoniyat qalbida iz qoldirgan. Furqatning g’azallarida vaqtimizni behuda sarflamasdan unumatli qilib o’tkazishimiz ta’kidlangan. Umrimiz tezda o’tib ketadi biz bu hayotdan ketamix bu hayotda shunchaki mehmonmiz. Shunchaki yashamasdan hayotda yaxshi bir iz qoldirib ketishimizni nafaqat Furqat balki barcha ajdodlarimiz buni shiorga aylantirishimiz kerakligini o’z asarlarida bayon etgan.