Men sevgan shoir mavzusida insho.Muhammad Yusuf haqida insho
Bosh sahifa » Insholar » Men sevgan shoir mavzusida insho. Muhammad Yusuf haqida insho

Men sevgan shoir mavzusida insho. Muhammad Yusuf haqida insho

Men sevgan shoir mavzusida insho.Muhammad Yusuf haqida insho

Men sevgan shoir ( Muhammad Yusuf ).

Reja:

  1. Xalqni sevgan va uning muhabbatiga erishgan shoir.
  2. Muhammad Yusufning hayoti.
  3. Shoirning she’rlari.

Xalqni sevgan va uning muhabbatiga erishgan shoir.

Sheʼr koʻngil ishi, ijodkorning uygʻoq dardi. Oddiy soʻzni qogʻozga bitib, undan goʻzal sheʼr yaratish mashaqqatli ish. Soʻz yukini, soʻz masʼuliyatini his qilish baxti har kimga ham nasib etavermaydi. Sevimli shoirimiz Muhammad Yusuf  ana shunday baxtga erishgan ijodkor edi.

Men sevgan shoir Muhammad Yusuf nafaqat mening balki boshqa ko’p insonlarni eng sevgan shoiri Muhammad Yusuf hisoblanadi.Hozir O’zbekistonda eng ko’p va eng sevib uqiladigan,yodlanadigan she’rlarning asosiy qismi Muhammad Yusufniki hisoblanadi.Muhammad Yusufni nafaqat O’zbekistonda balki boshqa davlatlarda ham juda mashhur shoir hisoblanadi.Biz shuning uchun ham Muhhammad Yusufni juda sevamiz va qadirlaymiz.

Muhammad Yusufning hayoti

O’zbek xalqining sevimli farzandi, otashqalb shoir Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani Qovunchi qishlog’ida tug’ilgan. 1971-yili o’rta maktabni tugatgach, Respublika rus tili va adabiyoti institutida tahsil oladi.Ijodiy faoliyati 1980-yildan boshlangan. Muhammad Yusuf turli nashriyot va tahririyatlarda, turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 1997-yildan umrining so’nggi kun-lariga qadar esa O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari lavo-zimida ishlagan.Muhammad Yusuf 2001 yil 1 avgustda 47 yoshida vafot etdi.

Shoirning she’rlari

Muhammad Yusuf avvalo xalq dardini baralla aytgan, yurt muhabbatini hech kimga oʻxshamagan misralarda taʼriflagan sheʼrlari, qoʻshiqlari bilan tanildi, shuhrat qozondi. El mehriga sazovor boʻldi.“Bulbulga bir gapim bor”Bevafo koʻp ekan”Ulugʻimsan, Vatanim”singari oʻndan ortiq sheʼriy toʻplamlari adabiyotimizning oltin merosiga aylandi.Shoirga yana ko’plab ordenlar ham topshirilgan.Muhammad Yusufning she’riyat olamiga qushgan hissasi juda katta.

Men yoqtirgan she’r Muhammad Yusufning ,,Mehr qolur muhabbat qolur” nomli she’ri

Mening sevimli sh’rim Muhammad Yusufning ,,Mehr qolur muhabbat qolur”nomli she’ri.Bu sherda bu dunyodan barcha narsa yo’qladi,odamlar-u,boylik bir albatta yo’q bo’ladi,ammo dunyoda umuman yo’qolmas narsa bu mehr va muhabbatdir,ayniqsa sening mehring birovga juda kuchli bo’lsa.Bu sherda mehr va muhabbatning kuchi qanday ekanligi tasvirlangan.Bu sherning muallifi Muhammad Yusuf ham mening eng sevimli shoirlarimdan biridir,chunki u sherlarida juda ajoyib manolarni tasvirlaydi.

Muhammad Yusuf tarjimai hol.SHe’rlari

manba

She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
Scroll to Top