Bosh sahifa » Insholar » 9 – dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni haqida.

9 – dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni haqida.

by nafisa nafisa

9 - dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni haqida.

Korrupsiyaga qarshi kurash kuni.

Dunyoning rivojlanishi hamda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida korru siyaga qarshi kurashda birlashmog‘imiz lozim!Korrupsiya – bu har bir jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishini izdan chiqaruvchi eng xavfli jinoyatdir.Hech qaysi mamlakat, biron-bir hudud yoki jamiyat yo‘qki u korrupsiyaga qarshi immunitetga ega bo‘lsa.

Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bir boʼlib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning koʼplab mamlakatlarini qamrab olmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga oʼz hissasini qoʼshib kelmoqda. Xozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʼyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni  BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2004-yildan beri har yili 9-dekabrda nishonlanib kelinadi. 2003-yil 9-dekabrda Meksikada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi imzolangan.

Ushbu Xalqaro kunni belgilashdan maqsad, Bosh Assambleya rezolyutsiyasida qayd etilganidek, korrupsiya muammosi va Konvensiyaning korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishdagi rolini chuqurroq tushunish bo‘lgan. Qarorda ushbu kunni keng nishonlash va tegishli tadbirlarni o‘tkazish to‘g‘risidategishli bandlar mavjud.

Tavsiya etamiz:  Biz- korrupsiyaga  qarshimiz mavzusida insho.

 Bosh Assambleya rezolyutsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasiga (UNODC) Konvensiyaga a’zo davlatlar konferensiyasining kotibiyati vazifasini bajarishga ko‘rsatma berishni so‘raydi va har yili Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan UNODC direktori ushbu sana haqida xabar beradi. Odatda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi BMTning boshqa xalqaro kunlari munosabati bilan xuddi shunday xabar beradi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun 2015-yil 9-dekabrdagi murojaatida

Biz 2030-yilga qadar qashshoqlikka barham berish va barcha uchun munosib hayotni ta’minlashni rejalashtirar ekanmiz, Barqaror rivojlanish bo‘yicha yangi kun tartibida korrupsiyaga qarshi har tomonlama kurashish zarurligini tan olamiz va noqonuniy moliyaviy oqimlarni sezilarli darajada qisqartirish va o‘g‘irlangan mulkni qaytarishga chaqiramiz, degan.

2015-yil 9-dekabrdagi BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Yuriy Fedotov nutqida :

Korrupsiya va poraxo‘rlik o‘z maqsadiga yetib, tenglik va adolat barbod bo‘lsa, butun jamoalar zarur infratuzilma, shifoxona va maktablarsiz qolishi mumkin. Bundan tashqari, korrupsiya muhim huquqiy masalalarning asosini buzadi, sanoatga zarar yetkazadi va raqobat tushunchasini yo‘qotadi, deya ta’kidlagan.

O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida.

 

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar