5-11-sinflar uchun CHSB sinovlari sanalari, fanlari va jadvali er’lon qilindi.
5-11-sinflar uchun CHSB sinovlari sanalari, fanlari va jadvali.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 8-oktabrdagi buyrug‘iga muvofiq, 2025-yil 23-oktabr – 1-noyabr kunlari umumta’lim maktablarining 5–11-sinf o‘quvchilari uchun 1-chorak yakuniy CHSB (choraklik summativ baholash) sinovlari markazlashgan tartibda o‘tkaziladi.
1-chorak CHSB testlari 5-11-sinflar uchun barcha fanlardan savollari
Bu yil baholash tizimida yangicha yondashuv joriy etilib, sinovlar o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini adolatli hamda shaffof tarzda baholashga qaratilgan.
Sinovlar o‘tkaziladigan sanalar.
-
23–30-oktabr — onlayn (kompyuterda) shaklda
-
1-noyabr — an’anaviy (qog‘ozda) shaklda
Har bir sinf uchun CHSB fanlari.
-
5–6-sinflar: Matematika, Ona tili
-
7-sinf: O‘zbekiston tarixi, Biologiya
-
8-sinf: Algebra, Fizika
-
9-sinf: Algebra, Ona tili
-
10-sinf: Algebra, Kimyo
-
11-sinf: Algebra, Ingliz tili
Sinovlar markazlashgan tartibda o‘tkazilib, o‘quvchilarning chorak davomida egallagan bilimlarini baholash hamda o‘qituvchilarga ta’lim sifatini tahlil qilish imkonini beradi.
CHSB sinovlari jadvali (2025-yil).
-
23-oktabr — 5-sinf
-
24-oktabr — 6-sinf
-
25-oktabr — 7-sinf
-
27-oktabr — 8-sinf
-
28-oktabr — 9-sinf
-
29-oktabr — 10-sinf
-
30-oktabr — 11-sinf
-
31-oktabr — qayta topshirish kuni
-
1-noyabr — an’anaviy shaklda imtihon topshirish kuni
Muhim eslatmalar:
-
Test sinovlariga 120 daqiqagacha vaqt ajratiladi (2 ta fan uchun).
-
Sinovlar maktabdagi o‘quvchilar soniga qarab grafik asosida tashkil etiladi.
-
Jarayonlar 08:00 dan 18:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yakunlanishi lozim.
Mazkur CHSB sinovlari o‘quvchilarning 1-chorak davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini baholash, o‘qituvchilarga esa o‘quv jarayonini tahlil qilish va takomillashtirish imkoniyatini beradi.
Barcha o‘quvchilarga sinovlarda omad tilaymiz!
Tavsiya etamiz: 9-sinf Ona tili fanidan 1-2-3-4 chorak testlar.



















