11-sinf yakuniy imtihon sanalari 2025

11-sinf yakuniy imtihon sanalari 2025. Yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkaziladigan fanlarning ro‘yxati va  sanalari e’lon qilindi. 11-sinf imtihon biletlari>>

11-sinf imtihon sanalari.

Umumtaʼlim maktablarining 11-sinf oʻquvchilari quyidagi sanalarda koʻrsatilgan fanlardan imtihon topshiradilar:

Ona tili va adabiyot
28-may, 2025 (yozma shaklda)
180 daqiqa

Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)
28-may, 2025 (yozma shaklda)
150 daqiqa

Matematika (Asosiy)
31-may, 2025 (yozma shaklda)
180 daqiqa

Matematika (Chuqurlashtirilgan)
31-may, 2025 (yozma shaklda)
240 daqiqa

O‘zbekiston tarixi
4-iyun, 2025 (yozma shaklda)
180 daqiqa

Tanlov fanlari
7–10-iyun, 2025 (yozma yoki yozma va ogʻzaki shaklda)
Imtihon davomiyligi tanlangan fanga qarab belgilanadi.

Maktablarda darslar joriy yilning 25-mayiga qadar davom etadi. 9- va 11-sinflar uchun yakuniy imtihonlar joriy yilning 27-mayidan 10-iyuniga qadar tashkil etiladi.
Umumta’lim fanidan sertifikati shuningdek, chet tili bo‘yicha milliy yoki xalqaro miqyosda tan olingan B1 yoki undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar imtihondan ozod qilinadi.