2022/2023 o’quv yili uchun toʼlov-kontrakt summalari oshirilmaydi
Barcha davlat oliy taʼlim muassasalarining barcha bosqich talabalari uchun toʼlov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi. Bu haqda Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, istisno tariqasida, 2022/2023 oʼquv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning toʼlov-kontrakt asosida oʼqitish qiymati miqdorlari davlat oliy taʼlim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim muassasalarida ham, bazaviy toʼlov-kontrakt qiymati 2021/2022 oʼquv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.
Shu bilan bir qatorda, 2022/2023 oʼquv yili tabaqalashtirilgan toʼlov-kontrakt miqdorlari oʼtgan oʼquv yili uchun belgilangan miqdorlarda oʼzgarishsiz qoladi.
Talabalarni taʼlim shakllari (kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy) bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari boʼyicha bir yillik oʼqitish qiymatlari miqdorlari quyidagicha: