Test sinovlari.
2022-2023-o‘quv yili qabuli uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2022-yil 8-avgust kunidan boshlanadi hamda stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi.
Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:
- 1-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;
- 2-smenada 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan maydonlar sig‘imidan kelib chiqqan holda 10 kundan 13 kungacha davom etadi va 20-avgust kuni yakunlanadi.
Test sinovida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish 4-avgust kunidan boshlanadi.
Test 2022: Javoblar varaqasi na’munasi