Bosh sahifa » ilmlar » Ramazon tavsiyalari. Ramazon taqvimi – saharlik va iftorlik vaqtlari.

Ramazon tavsiyalari. Ramazon taqvimi – saharlik va iftorlik vaqtlari.

by nafisa nafisa

Ramazon tavsiyalari. Ramazon taqvimi – saharlik va iftorlik vaqtlari.

Ramazon tavsiyalari.

  • Ro‘zadorman, kuni bo‘yi harakat qilsam och qolaman, harakatdan qolib holsizlanaman», deb aslo o‘ylamang. Ro‘zada odam doim ohista harakatda bo‘lishi kerak, harakat va ochlik sog‘ligimizni tiklashimizga va mustahkamlashimizga ikki karra hissa qo‘shadi.

Harakat qilmasdan faqat yotib yashash esa sekin-asta yurakning kam urishi va organizmning shunga ko‘nikib qolishiga, holsizlanish holatlariga olib keladi, bu esa ibodatlarimizga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin. Saharlikdan so‘ng 4–5 kilometr piyoda sayr qilib olish, iftorlikdan keyin esa taroveh namozlarida qoyim bo‘lish tavsiya qilinadi.

Sutkasiga kamida 7 soat uxlab olish kerak, lekin kunduzi och qorinda uxlashga sharoiti borlar bu uyquni kamida ikkiga ko‘paytirib, hisob-kitobini olib borishi kerak. Ya’ni kunduzgi 1,5–2 soatlik uyqu tungi 4–5 soatning o‘rnini bosadi. Bunga sabab — oshqozonimiz toza holatda bo‘lishidir. Ko‘proq peshindan keyin uxlab olish tavsiya qilinadi.

Quyosh nuri garchi o‘z issig‘i bilan qiynasa-da, lekin bizni chiniqtirib, hozirda organizmimiz uchun muhim bo‘lgan D vitaminiga to‘yintiradi, tana qurilishimizni mustahkamlaydi. Har kuni ertalabki 15–20 daqiqa sayr bilan, quyosh nurida chiniqib olish kerak.Ramazon tavsiyalari.

Tavsiya etamiz: Ramazon taqvimi 2024 – saharlik va iftorlik vaqtlari.

 

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar