Abiturentlar uchun.
OTMlarning bakalavriat bosqichiga quyidagilar hujjat topshira olishadi:
1.Umumiy oʼrta taʼlimning 11-sinfini tugatganlar.
Bunda barcha maktablar, shu jumladan Prezident va ijod maktablari, ixtisoslashgan va harbiy maktablar, litseylar, gimnaziyalar, xullas barchasi kirib ketadi. Muhim jihati albatta 11-sinf negizida shahodatnoma boʼlishi kerak, 10-sinfni tugatib topshirib, talaba boʼlib oʼqish imkoni yoʼq;
2. Oʼrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganlar.
Bunda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, kasb maktablari va texnikumlar kiradi. Bunda ham toʼliq tugagan va diplom berilgan boʼlishi kerak. Kimlardir 3 yillik, kimlardir 2 yillik oʼqigan boʼlishi mumkin;
3. Oliy taʼlimda oʼqiyotgan talabalar.
Bunda hozirda Oʼzbekistondagi davlat yoki nodavlat, shuningdek xorijdagi OTMlarda talaba boʼlib oʼqiyotganlar maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan oʼqishga hujjat topshirishlari mumkin. Oʼqishga kirgan taqdirda qaerda oʼqishini oʼzi tanlaydi, xohlasa hozirgi talabaligini davom ettiradi, xohlasa yangi kirgan joyida oʼqiydi.
Talabalarning oʼqishga topshirishi hech qanday muammo (masalan, oʼqishdan chetlatish) olib kelmaydi.
4. OTMlarni tugatgan diplomli oliy maʼlumotlilar.
Аllaqachon bir marta oliy maʼlumot olib boʼlgan shaxslar ham bemalol yana qayta bakalavriat bosqichiga hujjat topshirib koʼrishlari mumkin. Ular ham xuddi hozirgi talabalar singari maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan oʼqishga hujjat topshirishadi, universitet diplomi bilan emas. Bu yerda yana bir jihat, amaldagi qonunchilikka koʼra, bir marta oliy maʼlumot olib boʼlganlarning (grant yoki kontraktda oʼqiganligidan qatʼi nazar) ikkinchi marta talaba boʼlishi faqat toʼlov-kontrakt asosida boʼladi. Yaʼni ular grantga daʼvogarlik qila olmaydi, kirsa ham faqat kontraktda oʼqishadi.
Mana shu yuqoridagi 4 ta toifadagi shaxslar bemalol abiturient sifatida hujjat topshirib koʼrishlari mumkin.
OTM ga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro’yxati